

Avval xabar berganimizdek, 110/35/10 kV kuchlanishli "Unkombinat" podstansiyasida yuklama bilan ishlab turgan quvvati 10000 kVA bo‘lgan T-2 kuch transformatori o‘rniga quvvati 25000 kVA kuch transformatori o‘rnatilib, montaj va sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Energetika obyektidagi T-2 kuch transformatori ishga tushirilib, taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasini iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan paytlarda ham barqaror yetkazib berish ko‘rsatkichi birmuncha oshirildi.
⚙️ Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari davomida quyidagilar amalga oshirildi:
▪️ Yuklama bilan ishlagan T2 10000 kVA kuch transformator o‘rniga 25000 kVA kuch transformatori o‘rnatildi; 
▪️ Podstansiyasidagi elektr qurilmalari to‘liq buyoqlanib, korroziya garshi profilaktik tadbir amalga oshirildi:
▪️ Energetika obyektining estetik qiyofasi yaxshilandi; 
▪️ Transformator tagida to‘shalgan moyli shag‘al yangisiga almashtirildi;
▪️ Kabel kannalari  ta’mirlandi; 
▪️ Eskirgan to‘siqlar yangisi bilan almashtirildi.
Mazkur ishlar iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror qilish, kuz-qish mavsumida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI