2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “So'fiqishloq” podstansiyasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 02.11.2025
  • 46

⚙️  “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan  110/35/10 kV kuchlanishli “So'fiqishloq” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ta’mirlash davomida T-2-16000 kVA kuch transformatori hamda uning ulanmalari nazorat ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚡️ Filial mutaxassislari tomonidan generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va ishonchli yetkazib berish uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilgan.

Maqsad — energiya ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, tarmoq barqarorligini ta’minlash va elektr energiyasining ishonchli uzatilishini kafolatlash.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/AndijonMET_Axborot