2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini teplovizor ko'rigidan o‘tkazildi
  • 02.11.2025
  • 43

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan 500 kV kuchlanishli "BASH" va 500 kV kuchlanishli "Qorako'l" podstansiyalarini bog‘lab turuvchi 500 kVli L-565 elektr uzatish havo tarmoqlarining ulanmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelmasligi va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida mutaxassislar tomonidan zarur profilaktik choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: 500 kV kuchlanishli L-565 elektr uzatish havo tarmog‘i quvvati 500 MVt bo'lgan 500 kVli "BASH" SHES (shamol elektr stansiyasi) va 500 kVli "Qorako'l" podstansiyasini bog‘lab turuvchi elektr uzatish havo tarmog‘i hisoblanadi.

Hozirgi kunda Buxoro viloyati Peshku tumanida qurilgan va to‘liq ishga tushurilgan, quvvati 500 MVt bo'lgan 500 kVli "Jonkeldi" SHES ham 500 kVli L-566 elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyani L-565 va ushbu havo tarmog'i orqali 500 kVli "Qorako'l" podstansiyasiga yetkazib beradi. 
                                                                                                . 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat

❗️  «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

http://t.me/BuxoroMET_Axborot