2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Urganch” podstansiyasi ta’mirlash-sozlash ishlari bajarildi
  • 01.11.2025
  • 45

Taqsimlovchi tarmoqlarga (iste’molchilarga) barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarida reja-jadval asosida profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Urganch” podstansiyasining elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida:

   ►   Qurilmalarining mexanik va elektr qismlari ko‘zdan kechirildi;

   ►   Izolyatsiya holati va kontakt ulanishlari tekshirildi;

   ►   Zarur sozlash va mustahkamlash ishlari bajarildi.

Natijada podstansiya uskunalarining ishlash samaradorligi oshib, butun tarmoq bo‘yicha elektr energiyasining barqaror ta’minoti yo‘lga qo‘yildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat

❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/XorazmMET_Axborot