2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 220 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyasida profilaktik ishlar amalga oshirildi
  • 01.11.2025
  • 49

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "Buxoro" podstansiyasida 35 kVli V-O‘rtacho‘l-1 va V-O‘rtacho‘l-2 o‘chirgichlarida izolyatorlarni tozalash, dispetcherlik yozuvlarni yangilash va fazalarni yangilash (ranglarini) ishlari bajarildi.

⚡️ Ma'lumot uchun: 35 kV kuchlanishli V-O‘rtacho‘l-1 va V-O‘rtacho‘l-2 o‘chirgichlari orqali Buxoro viloyatining Kogon tumani aholisi va ishlab chiqarish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta‘minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarga quvvat uzatiladi. 

Shuningdek, mazkur qurilmalarning sozligi 2025–2026-yil kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqaror bo‘lishi uchun hamda, iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat

❗️  «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling

http://t.me/BuxoroMET_Axborot