2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Saribozor" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 29.10.2025
  • 59

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Saribozor” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

✅ Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarilmoqda;

♦ Barcha elektr uskunalarning izolyatsiyasi tozalandi;

♦ Qurilma bog‘lamlarining sozligi ta’mirlandi;

♦  Ajratkichlar moylanib, ularning texnik holati sinovdan o‘tkazildi.

⚙️ Navbatchi brigadalar tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlarini 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda.

Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling ⇒  t.me/JizzaxMET_Axborot