2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“Jizzax” podstansiyadagi nosozlik bartaraf etildi
  • 13.10.2025
  • 4

⚡️ 2025-yilning 13-oktabr kuni soat 18:29 da “Jizzax” podstansiyasida talabnomaga ko‘ra T-1 transformatori  taʼmirdaligida T-2 transformatori 120 MVt yuklama bilan favqulodda o‘chgan. Natijada podstansiya to‘liq kuchlanishsiz qolgan. 

Soat 18:45 da “Jizzax” podstansiyasining 110 kV shinalar tizimiga L-S-B-1-110 kV tarmog‘i orqali  “Saribozor” podstansiyasidan kuchlanish berilgan va podstansiyadan taʼminlangan asosiy isteʼmolchilar elektr taʼminoti 100 MVt yuklama bilan tiklangan.

Ayni paytda T-2 transformatori taʼmirga chiqarilgan. O‘chish sabablari aniqlanmoqda. Shu bilan birga, taʼmirdagi T-1 transfrmatorini ishga kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Favqulodda o‘chish oqibatida Jizzax viloyatining Jizzax, Forish tumanlari va Jizzax shahri taqsimlovchi tarmoqlarida uzilish kuzatilgani uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

✔️ “Jizzax” podstansiyadan chiquvchi barcha tarmoqlarga (isteʼmolchilarga) kuchlanish berildi

Yuzaga kelgan holat uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati