2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Aksiyadorlik jamiyati xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida masofaviy o‘qishadi
  • 08.10.2025
  • 10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 21- iyundagi PQ-228-son qarori 9-bandida barcha davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda o‘z xodimlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borishlari belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi — komplayens xizmati tomonidan Aksiyadorlik jamiyatning markaziy apparati rahbar va xodimlari, shuningdek, barcha filiallar rahbarlari va xodimlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasi o‘quv kurslarida masofaviy o‘qitilishi uchun shartnomalar imzolanib, ushbu orqali 1170 nafar rahbar va xodimlarni (shundan, uch yilda  bir marotaba malakasi oshiriladigan rahbar va xodimlar 804 nafar, so‘nggi uch oyda ishga qabul qilingan rahbar va xodimlar 95 nafar, komplayens xizmati xodimlari 20 nafar va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan rahbar va xodimlar 251 nafar) rejalashtirilgan.

️ Alisher Rahmonov, Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati