2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
“edo.ijro.uz” yagona elektron tizimi orqali qayd etilgan topshiriqlar ijrosi taʼminlanmoqda
  • 07.10.2025
  • 8

Eʼtiboringizga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida joriy yil davomida “edo.ijro.uz” tizimida nazoratdagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosining samaradorligi yakunlari hamda kelgusida shaxsiy masʼuliyatni oshirish to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobot maʼlumotnomasi taqdim etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 13-yanvardagi 07-15-1-sonli topshirig‘iga asosan vazirlik va idoralarda ijro intizomini yana-da mustahkamlash, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxasislarning ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qishlar tashkil etish belgilangan. Iqtisodiy o‘qish tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib, rasmiy veb-sayt sahifalarida eʼlogn qilib borilmoqda.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazoratga olinib, ularning ijrosi belgilangan muddatlar bajarilishiga bag‘ishlangan ishchi tartibdagi yig‘ilishdlar har haftaning dushanba kuni videoselektor shaklida bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishlarning bayonnomasida qayd etilgan topshiriqlar ijrosi haftaning har bir ish kunida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari tomonidan tahlil qilinib, masʼul ijrochilar ishtirokida muhokama qilinadi, masalalarga yechim topiladi.

Mazkur jarayon qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini “edo.ijro.uz” elektron tizimida samarali tashkil etish, 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorida belgilangan talablarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Hafta davomida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Saidovaning ijro intizomi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, 2025-yil rejasiga muvofiq topshiriqlarni bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olish uchun talab va takliflar o‘rtaga tashlanadi. Har bir masala tahliliga individual yondashuv bilan yechim topilib, yig‘ilish bayonnomasida tegishli tartibda qayd etiladi.

Shu tariqa topshiriqlarni oldindan, samarali va to‘liq bajarilishini taʼminlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati rahbariyat tomonidan ustuvor vazifalar belgilab olingan. Nazoratdagi topshiriqlar bo‘yicha har oyda kunlik kalendar grafik hamda har bir boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar kesimida “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.

Ayni paytda “edo.ijro.uz” yagona elektron tizimida O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijro muddati belgilangan qonunchilik hujjatlari 134 ta (18 ta Farmon, 74 ta Qaror va 40 ta Bayonlarda) va topshiriqlari bo‘yicha 493 ta (95 ta Farmon, 289 ta Qaror va 100 ta Bayonlarda) topshiriq mavjud bo‘lib, ulardan 342 tasi bajarilgan, 144 ta topshiriq bajarilmoqda.

O‘tgan hisobot yiliga taqqoslab tahlil qilsak, “edo.ijro.uz” elektron tizimida O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda 2025 yil 1 yanvar holatiga qayd etilgan jami 222 ta topshiriqlar mavjud bo‘lib, shundan tegishliligi bo‘yicha 119 ta topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlangan.

2025-yil iyul oyida qayd etilgan jami 8 ta topshiriqlar mavjud bo‘lib, shundan tegishliligi bo‘yicha 2 ta topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlangan va tizimda nazoratdan yechildi.

Avgust oyida qayd etilgan jami 12 ta topshiriqlar mavjud bo‘lib, shundan tegishliligi bo‘yicha 2 ta topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlangan holda nazoratdan yechilgan.

2025-yil sentabr oyida qayd etilgan jami 13 ta topshiriqlar mavjud bo‘lib, shundan tegishliligi bo‘yicha 5 ta topshiriq ijrosi to‘liq taʼminlangan va tizimda nazoratdan yechildi. Oktyabr oyida ham topshiriqlar tegishli tartibda qayd etilib, ijrochilarga yo‘naltirilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Aksiyadorlik jamiyatining har bir ishchi tartibdagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjat hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri yuritish, ijro intizomi mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar ijrosi taʼminlanib kelmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 http://t.me/uzmetaxborotxizmati