Loyihalar
«Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurish» investitsion loyihasi
  • 16.10.2019
  • 1213

«Toshkent metallurgiya zavodining tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurish» investitsion loyihasi

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ-540-sonli qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hududi hamda Toshkent viloyati (Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va Zangiota tumani) hududlarini qamrab oladi. Uning qiymati 29,022 mln. AQSh dollariga teng.

Loyihaning maqsadi uning nomlanishidan ham ayon — Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida faoliyat yuritadigan «Toshkent metallurgiya zavodi»ni uzluksiz va sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlash, bundan tashqari, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining poytaxt bilan chegaradosh hududlarida istiqomat qiluvchi aholi hamda ishlab chiqarish obyektlarini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish.

Ayni paytda pudratchi korxonalar tomonidan 220 kVli podstantsiyani qurilishi va shu podstantsiyani ta’minlovchi ikkita havo liniyasini qurilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha joriy yilning oktyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

>