Yangiliklar
«ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI FAOLIYATIGA BIR NAZAR...
  • 05.12.2020
  • 1246

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi elektr uzatish havo liniyalari va podstansiyalarda olib borilayotgan ta'mirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari haqida ma'lumotnoma.

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi 3284-sonli «Jahon banki ishtirokida «Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi respublika hududida joylashgan 22 ta podstansiyalarda qurilish-montaj ishlarini o‘z ichiga oluvchi elektr uskuna va jihozlarini zamonaviylashtirish amaliyotlarini bajarish ko‘zda tutilgan.

  Andijon viloyatida joylashgan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha birinchi bosqichda jismonan va ma'nan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviysiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Jumladan:

  1. 220/110/10 kVli «Yulduz» podstansiyasining elektr energiyasi o‘tkazuvchanlik quvvatni oshirish maqsadida 2 dona 200 MVA avtotransformatorlarini o‘rnatish, shu bilan birga, 220 kV havoli o‘chirgichlardan 9 donasini, 110 kV o‘chirgichlarning 14 donasini zamonaviy elegaz o‘chirgichlariga almashtirish rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, rele himoyasi va avtomatikasi hamda aloqa kurilmalarini zamonaviy qurilmalarga almashtirish rejalashtirilgan. Loyihani bajarish muddati 2017–2022-yillar.

 

  2. 500/220/10 kVli «Lochin» podstansiyasida o‘tkazuvchanlik quvvatni oshirish maqsadida 6 dona 267 MVA bir fazali avtotransformatorlarini o‘rnatish, 500 kV havoli o‘chirgichlardan 5 va 220 kV o‘chirgichlardan 12 donasini zamonaviy elegaz o‘chirgichlarga almashtirish, bundan tashqari, rele himoyasi va avtomatikasi hamda aloqa qurilmalarini zamonaviy jihoz va qurilmalarga almashtirish rejalashtirilgan edi. Loyihani bajarish muddati 2017–2022-yillar etib belgilangan.

 

  Ayni paytda 220 kVli «Yulduz» podstansiyasida quvvatni oshirish maqsadida

  2 dona 125 MVA avtotransformatorni o‘rniga 2 dona 200 MVA avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirildi.

  Andijon viloyati iste'molchilari, ijtimoiy soha obнektlari, kichik va o‘rta biznes hamda sanoat korxonalarini (klaster xo‘jaliklarini) elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligi qo‘shimcha 150 MVtga oshirildi.

  Shu bilan birga, 6 dona mikroprotsessorli panellar, 12 dona 110 kVli razryadniklar (OPN-110 kV), 12 dona 220 kVli razryadniklar (OPN-220 kV), 3 dona 10 kVli XKDCKL-10-1600-6,93 rusumli tok cheklovchi reaktor, OGI-470LA rusumidagi akkumulyator batareyalari (108 element), 1 dona THILEC rusumli zaryadlash uskunasi o‘rnatilib, ishga tushirildi.

 

  2021–2022-yillarda bajariladigan modernizatsiya ishlari natijasida Andijon viloyati aholi iste'molchilari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlari uchun qo‘shimcha 600 MVt quvvat zaxirasi yaratiladi.

 

  Kozimjon Yo‘ldoshev, «O‘zbekiston MET» AJ «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

  ELEKTR TA'MINOTI TIZIMINING BARQAROR FAOLIYATI — TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING TAYANCHI HISOBLANADI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/397

  «ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI FAOLIYATI SURATLAR VA RAQAMLARDA http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/370

 

  FARG‘ONA VODIYSI ISTE'MOLCHILARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA'MINLASH IMKONIYATI QO‘SHIMCHA 250 MVA QUVVATGA OSHIRILDI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/542

  «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI: SAMARALI FOYDALANIB KELINAYOTGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING ISTIQBOLDAGI REJALARI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/529

  «YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/521

  INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BOSHQARMASI: 2030-YILGA QADAR 24 TA LOYIHA AMALGA OSHIRILADI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/475

  «ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI TARKIBIDAGI 220/110/10 Kv LI «YULDUZ» PODSTANSIYASIDAGI MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/600

 

  AOKAda brifing: «ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA» http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>