Yangiliklar
«ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI TARKIBIDAGI 220/110/10 KV LI «YULDUZ» PODSTANSIYASIDAGI MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI
  • 03.12.2020
  • 1203

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibida faoliyat yuritayotgan 220/110/10 kVli «Yulduz» podstansiyasi 1968-yilda ishga tushirilgan. Podstansiyada 9 dona 220 kV yacheyka bo‘lib, 5 dona 220 kVli liniyalar L-KrY Qirg‘iziston Respublikasining «Krisstal» podstansiyasidan, L-YL elektr uzatish tarmog‘i 500 kVli «Lochin» podstansiyasidan, L-XY tarmog‘i 220 kV «Xakan» podstansiyasidan, L-Turkiston va L-Gazlama havo tarmoqlari esa «Bobur» podstansiyasiga bog‘langan.

   Shuningdek, podstansiyada 14 dona 110 kV yacheyka bo‘lib, 10 dona 110 kV liniyalar va 10 dona 10 kV fiderlar orqali Andijon viloyati shahar va tumanlaridagi aholi hamda ijtimoiy soha obyektlari, kichik va o‘rta biznes vakillari bilan bir qatorda sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr PQ-3284-sonli «Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Respublika hududida joylashgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 22 ta podstansiyaarda qurilish-montaj ishlarini o‘z ichiga oluvchi amaliyotlar ko‘zda tutilgan.

   Andijon viloyatida joylashgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha birinchi bosqichda ma'nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviylariga almashtirish nazarda tutilgan.

   Misol uchun,

   220/110/10 kVli «Yulduz» podstansiyasida o‘tkazuvchanlik quvvatni — elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish uchun mavjud 2 dona 125 MVA avtotransformatorlar o‘rniga 2 dona 200 MVA avtotransformatorlarini o‘rnatish, shu bilan birga, 220 kV havoli o‘chirgichlardan 9 donasini,
110 kVli o‘chirgichlarning esa 14 donasini zamonaviy elegaz o‘chirgichlariga almashtirish rejalashtirilgan. Loyihani bajarish muddati 2017–2022-yillar oralig‘i deb belgilangan. 

   Hozirda 220 kVli «Yulduz» podstansiyasida mavjud o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish maqsadida 2 dona 125 MVA avtotransformatorni o‘rniga 2 dona 200 MVA avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirildi. Andijon viloyati xalq xo‘jaligi ob'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlashda qo‘shimcha 150 MVt quvvat qo‘shildi.

   Bundan tashqari,

   - 6 dona mikroprotsessorli panellar; 

   - 12 dona 110 kVli razryadniklar (OPN-110 kV);

   - 12 dona 220 kVli razryadniklar (OPN-220 kV);

   - 3 dona 10 kVli XKDCKL-10-1600-6,93 rusumli maxsus reaktorlar; 

   - OGI-470LA rusumli akkumulyator batareyalarining 108 elementi, THILEC rusumli 1 dona quvvatlash uskunasi o‘rnatildi.

   «To‘raqo‘rg‘on IES» va 220 kVli «Yulduz» podstansiyasini bog‘lovchi 100,17 km uzunlikdagi 220 kVli ikki zanjirli havo tarmog‘i tortilib, 220 kVli OTQga ikkita yangi yacheyka, zamonaviy elegaz o‘chirgich, tok transformatorlari va ajratgichlar o‘rnatilgan holda ishga tushirildi.

 

 

 

© ATV, Sardorbek Otajonov va Muhammadjon Bilolovlar lavhasi

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri tomonidan imzolangan Aholini uzluksiz elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlash ishlarini yoritishga bag‘ishlangan Press-turlar rejasiga muvofiq 2020-yil 28-noyabr sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, Andijon viloyatidagi umumiy quvvati 400 MVtga teng bo‘lgan «Yulduz» podstansiyasida olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan Press-tur, iqlim sharoiti tufayli 2020-yilning 1-dekabr sanasida Andijon viloyati hokimiyati Matbuot xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

   Press-turda «Andijon TV» telekanali xodimlaridan tashqari viloyatning yetakchi nashr vakillari ham ishtirok etishdi.

   O‘tkazilgan tadbir so‘ng kuz-qish mavsumida elektr ta'minotida yuzaga kelayotgan holatlar va ularning yechimi bo‘yicha intervyu hamda bayonotlar Andijon viloyati telekanali orqali efirga uzatildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>