Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Elektr ta'minoti» kafedrasi tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati 2 kun davom etgan «Elektr ta'minoti tiziming dolzarb muammolari» nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya ishining yakuniy qismida sho‘balar ishi hisoboti, anjuman roligi namoyishi, konferensiya xulosalari va qarorlari, shuningdek, xalqaro ilmiy-texnik anjumanda faol ishtirok etganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ikki kun davom etgan konferensiyada elektr energetika tarmog‘ining dolzarb masalalari: elektr ta'minotining umumiy muammolari, uning ishonchliligini oshirish, energiya tejamkorligi va samaradorligi, loyihalash va ekspluatatsiya masalalari, elektr ta'minotining sifat ko‘rsatkichlari, tarmoqda transformatsiya va raqamlashtirish jarayonlari muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro anjumanda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D,A.Isaqulov ham ishtirok etmoqda.
Axborot xizmati