“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limining MHXS talablariga muvofiq tayyorlangan 2023-yil uchun konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotini Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha maʼlumot.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4611-sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi Isakulov Dadajon Aynaqulovich rahbarligida, 2019–2021 yillar davomida “Ernst & Young” MCHJ bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar olib borildi va natijada ijobiy auditorlik xulosalari olindi.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ energetika sohasida moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni to‘liq joriy etgan hamda uning auditini o‘tkazgan birinchi kompaniyalardan biri bo‘ldi va ijobiy auditorlik xulosasini oldi.
“Ernst & Young” MCHJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan MHXS asosida konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotning auditi joriy yilning fevralidan iyuni oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oldi.
Shuni taʼkidlash joizki, MHXS asosida konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobot bo‘yicha ketma-ket besh yil davomida olingan ijobiy auditorlik xulosasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritilishi uchun muhim qadamdir.
✍️ Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi
Eʼtiboringizga Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan mavzuga taalluqli maʼlumotnomalar havolasini taqdim etamiz:
02.07.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young‘dan ijobiy xulosa oldi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2510
21.02.2022 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida eʼlon qilingan hisobotlar yakunlanganini maʼlum qiladi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2000
08.02.2022 — 2021-yil sarhisobi. 13-sonli: «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi: Xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy auditorlik xulosasi” olindi»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1953
24.01.2022 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1858
30.12.2021 — Energetika vazirligi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
https://minenergy.uz/oz/news/view/1691
31.12.2021 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi
Заклячения_Consolidated_financial_statements_NEGU_ENG_2023_with_audit
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati