E’lonlar
EʼLON! Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi “Navoiy IES” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ diqqatiga!
  • 15.03.2024
  • 202

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2024-yil 15-martdagi 19-sonli yig‘ilish bayoniga asosan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, yaʼni “Navoiy IES” AJ tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish tarifi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (12 ta filiali uchun) uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish tariflari bo‘yicha 2024-yil 1-apreldan yangi ichki soha tarmoq tariflari amalga kiritilishini maʼlum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy isteʼmolchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining isteʼmoli tarifga taʼsir ko‘rsatmaydi.

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi

>