2024-yil davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 713,30 mln dollar bo‘lgan 9 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil I-choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-yil yanvar-fevral oylari davomida davlat kafolati ostidagi tashqi qarzi mablag‘lari hisobidan 6,20 mln dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 7,15 mln dollar(rejaga nisbatan 115,34 foiz) mablag‘ o‘zlashtirildi.
✍️ Investitsiya bosh boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati