Yangiliklar
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: 45 KILOMETR UZUNLIKDAGI 500 KV KUCHLANISHLI HAVO TARMOG‘I MUKAMMAL TA'MIRLANDI
  • 01.07.2020
  • 877

   Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda joriy hamda kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan oldin «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan amalga oshirilgan ayrim yo‘nalishdagi faoliyatlar haqida ma'lumotlar berib o‘tgan edik. Masalan,

   Filial tasarrufidagi podstansiyalardagi obodonlashtirish ishlari: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Shuningdek, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalari: http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/

   Shuni alohida ta'kidlash lozimki, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan tehnik-muhandislik ishlari ham rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Masalan, filial rahbari tasdiqlagan rejaga asosan Tarmoq xizmati xodimlari tomonidan 2020-yil iyun oyida umumiy uzunligi 101,45 km (292÷609-raqamli tayanch ustunlari oralig‘i) 500 kV kuchlanishli L-519 havo elektr uzatish tarmog‘ining 45 kilometri mukammal ta'mirlandi. Aniqrog‘i, havo liniyasining 364÷460-raqamli tayanch ustunlari oralig‘i — 30 km, 568÷609-raqamli tayanchlar oralig‘i — 15 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari ta'mirlandi.

   Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Tarmoq xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu amaliyot o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi:

   1. Tayanch ustunlari va elektr uzatish sim-arqonlarini yukoridan turib ko‘rib chiqish (bu amaliyot yerdan turib oddiy ko‘z bilan qaraganda yoki yaqinlashtiruvchi asbob-uskunalar bilan sinchkov kuzatganda ko‘rinmaydigan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshiriladi) – 104 ta yuqori kuchlanishli tayanch ustuni;

   2.Tayanch ustunlarning tag-asosini ta'mirlab, qayta ko‘mish – 8 ta yuqori kuchlanishli tayanch ustuni;

   3.Tayanchlar raqami va dispetcherlik nomlarini yangilash – 140 tayanch ustunida;

   4.Tayanch tortkilaridagi tortish kuchini tekshirish – 32 tayanch ustunida;

   5.Yerlagichini ta'mirlash-tiklash – 5 tayanch ustunida;

   6.Tayanch konstruksiyalariga yetishmayotgan tirgaklarni o‘rnatish – 123 dona.

   Shu o‘rinda bir narsani alohida aytib o‘tish lozimki, bir necha kilometr masofalarga cho‘zilgan yuqori kuchlanishli havo liniyalariga aholi tomonidan xalq mulki sifatida qaralishi lozim. Yuqori kuchlanishli tayanch ustunlariga zarar yetkazish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan insonlar, tabiat zarar ko‘rishidan tashqari yetkazilgan zarar iqtisodiy ziyon ham keltiradi.

   Bir so‘z bilan aytganda, surxondaryolik energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliyotlar ish jarayonida olingan suratlarda aks etgan bo‘lib, bajarilayotgan ishlarning zamirida aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini orttirishga xizmat qilishdek maqsad mujassam.

 

Ilya Sergeyevich Shavilov,

«O‘zbekiston MET» AJ

«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Tarmoq xizmati boshlig‘i

>