Xotin-qizlar
Korrupsiyaga qarshi kurash tizimi faoliyatida xotin-qizlarning alohida o‘rni borligi eʼtirof va eʼtiborga sazovor
  • 03.04.2023
  • 405

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 220-sonli qarori va 2020-yil 8-iyundagi «2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 365-sonli qarorlariga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi tinglovchilarini o‘qishga qabul qilish va xorijda amaliyot o‘tashlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Jumladan, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisixonasi va Malayziya oliy taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Bank-moliya akademiyasi hamda Utara universiteti (Malayziya) huzuridagi Islom biznes maktabi bank-moliya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan. Hamkorlik doirasida mutaxassislar Malayziyaning yirik moliya tashkilotlari, biznes markazlari, bilim dargohlarida nazariy va amaliy bilimlarini boyitib kelmoqdalar.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022-yilning avgust oyida Muvofiqlik tizimi (Komplayns) xizmati boshlig‘i Nigora Qilichbekovna Abdullayevaga Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi sifatida sirtdan tahsil olishi bo‘yicha tavsiyanoma taqdim etilgan. N.Q.Abdullayeva ushbu tavsiyanomaga asosan kirish imtihonlari muvaffaqqiyatli topshirib, Akademiya tinglovchisi sifatida ro‘yxatga olindi.

Shu bilan birga, Akademiya o‘quv dasturlarini yaxshi o‘zlashtirgan tinglovchilar yetuk xorijiy taʼlim muassasalari yoki tashkilotlarida amaliyot o‘tashlari tavsiya etilgan. Unga ko‘ra Akademiya tomonidan o‘quv dasturini yaxshi o‘zlashtirgan 20 nafar tinglovchilar orasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik xizmati boshlig‘i Nigora Abdullayeva ham bo‘lib, uning xorijda amaliyot o‘tashi bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatidan tegishli tavsiya olingan.

Joriy yilning 8-mart sanasidan 18-mart sanasigacha Malayziyaning Utara universitetida Islom moliyasi tajribasini o‘rganish uchun Aksiyadorlik jamiyati xodimi malaka oshirishga yuborildi. N.Q.Abdullayeva xorijlik mutaxassislar bilan fikr almashinib, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib qaytdi. Olingan bilim va ko‘nikmalardan Aksiyadorlik jamiyatida komplayns nazorati, bank-moliya yo‘nalishi — korrupsiyaga qarshi kurash tizimi faoliyatini takomillashtirishda keng foydalaniladi.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimida moliy-iqtisod yo‘nalishidagi malakali mutaxassislarga talab mavjudligi, kadrlar tayyorlash masalasi hozirda dolzarb muhim ahamiyat kasb etgani, xususan korrupsiyaga qarshi kurash va moliya-iqtisod sohalarida mutaxassis kadrlar tayyorlash energetika tashkilotlari uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblangani, ayniqsa, bu jabhalarda xotin-qizlarimiz vakillarining alohida o‘rni borligi eʼtirof va eʼtiborga sazovor. 

 

✍️ Feruza Xadjimuratova, "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘lim boshlig‘i, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>