“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2021-yil davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uning tashqarisidan qisman xarid qilingan elektr energiyasini transportirovka qilish (ekspluatatsiya, qurilish-montaj, ta'mirlash-sozlash), sotish, tranzit, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirdi. 2021-yil eng asosiy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi tahlilini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
mln.so‘m
|
Ko‘rsatkichlar nomi |
Biznes reja bo‘yicha |
Amalda |
% |
1 |
Mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum |
19,130,408 |
19,099,904 |
99,8 |
2 |
Sotilgan mahsulotlar tannarxi |
21,095,965 |
21,231,002 |
100,6 |
3 |
Davr xarajatlari, shu jumladan: |
292,233 |
385,263 |
131,8 |
4 |
Sotish xarajatlari |
|
35,528 |
|
5 |
Boshqaruv xarajatlari |
|
53,873 |
|
6 |
Boshqa operatsion xarajatlar |
133,828 |
295,862 |
221,1 |
7 |
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari |
52,000 |
537,144 |
1032,7 |
8 |
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, shu jumladan: |
|
51,852 |
|
9 |
Dividendlar shaklidagi daromadlar |
|
1,882 |
|
10 |
Foizlar shaklidagi daromadlar |
|
430 |
|
11 |
Valyuta kursi farqidan daromadlar |
|
49,540 |
|
12 |
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar |
316,482 |
177,869 |
56,2 |
13 |
Foyda solig‘ini to‘langunga qadar foyda (zarar) |
-2,574,272 |
-2,105,235 |
81,8 |
14 |
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) |
-2,574,272 |
-2,105,235 |
81,8 |
2021-yil moliyaviy faoliyatning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sof tushum reja nisbatan 0,2 foizga kam qariyb 100 foizga bajarilgan, sotilgan mahsulotlar tannarxi esa rejaga nisbatan 0,6 foizga ko‘p xarajat qilingan. Bundan tashqari, 2021-yil davr xarajatlari 31,8 foizga rejaga nisbatan ko‘proq amalga oshirilgan, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari esa rejaga nisbatan 10 barobardan ortiq bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yakuniy moliyaviy holat esa, ya'ni 2021-yil yakunlarida jamiyat rejaga nisbatan qariyb 19 foiz kam sof zarar qo‘rgani bu albatta quvonarli holatdir.
Aksiyadorlik jamiyati kelgusida moliyaiviy holatini barqaror saqlab turishi uchun mahsulot tannarxini kamaytirish va, bundan tashqari, har bir sotiladigan tayyor mahsulot birligi uchun belgilangan savdo ustamalarini ko‘tarish orqali erishish mumkin.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati