Bizlarga cheksiz kuch va madad beradigan muhtarama onalarimiz, aziz opa-singillarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklaymiz.
«Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriyati tomonidan sohamiz malikalariga atalgan bayram tadbiri o‘tkazildi.
8-mart sanasi har yil mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanishi nazokatli opa-singillarimizga bo‘lgan alohida e’tibor va hurmat belgisi, aslida.
Jamiyat va Davlat hayotida faollik tashabbuskorlik ko‘rsatgan o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy - ahloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni "Mo‘'tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlab borish belgilangan.
Joriy yilning 7-8 dekabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Iqtisodiy va ekologik faoliyat koordinatori ofisi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida, “Qazaq Green” – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uyushmasi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarida energetika sohasida ayollarning ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan mintaqaviy seminar tashkil etildi.
Har qanday tashkilotning kuch-qudrati, boyligini ta'minlaydigan uning xodimlaridir. Ayniqsa, ko‘z-ko‘zga tushadigan, ovozi eshitiladigan joyda ana shu xodimlarning salomatligi uchun mas'ul insonlar bo‘lsa, nur ustiga a'lo nur.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida mehnat faoliyati yuritayotgan xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, dam olish sharoitlarini yaratishda ko‘mak berish maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Xotin-qizlar kengashi bilan birgalikda, dam olish kunlari ayollar hamda bolalar uchun dam olish maskanidagi sayyohat uyushtirildi.
“O‘zbekiston MET” AJ xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova hamda tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar uchun 2022-yil 28-iyun kuni oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Bugun О‘zbekiston energetika forumi doirasida О‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksida xotin-qizlarning о‘rni mavzusidagi sessiyasi bо‘lib о‘tdi.
✅ «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumini kuzatib boring!
Ma'naviyati yuksak ayol — ulug‘dir!
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda ish yuritadi.