O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi stansiya yaratildi.
O‘tgan yilning avgust oyi oxirida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi.
Beloyarsk AESning 4- energiya bloki rejalashtirilgan profilaktik ta'mirdan so‘ng tarmoqqa ulandi. Navbatdagi yadro yonilg‘isini yuklash natijasida BN-800 tez reaktori birinchi marta to‘liq innovatsion MOKS yonilg‘isiga o‘tkazildi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi dunyodagi birinchi Coradia iLint vodorod poezdini ishga tushirdi. Uning birinchi safari Germaniyada tashkil etildi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy quvvati 1254 MVt bo‘lgan oltita yangi elektr stansiyasi – beshta issiqlik elektr stansiyasi (IES) va bitta quyosh elektr stansiyasi (QES) ishga tushirildi.
Yevropadagi birinchi fotovoltaik tizim Shveytsariyaning Tichino kantonida joylashgan bo‘lib, 40 yildan buyon elektrni tarmoqqa uzluksiz yetkazib berishda davom etmoqda.
Ko‘pgina davlatlar 2030-yilgacha ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Benzinli transport vositalarini taqiqlovchi qonunlar Hindiston, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda allaqachon qabul qilingan yoki ko‘rib chiqilmoqda.
Texasda (AQSH) shamol turbinasini chaqmoq urdi. Shamol turbinalari chaqmoqlarga nisbatan zaif joylashgan, chunki ular landshaftdan baland qilib quriladi. Buning oqibatlari shamol turbinasi uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
Vengriya yadro boshqarmasi (OAN) «Paksh-2» AES hududida ikkita VVER-1200 «3+» avlod energobloklarini qurish uchun ruxsat berdi.
Shveytsariyaning «Nant de Drance SA» kompaniyasi quvvati 900 MVt bo‘lgan nasosli elektr stansiya barpo etdi. Vale tumanidagi Emosson va Ve-Emosson suv omborlari oralig‘ida, yer ostida joylashgan stansiyani qurishga 14 yil vaqt talab etildi.
Butunjahon Yadro Assotsiatsiyasi (WNA) ma'lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda mamlakatda 3500 tonna uran qazib olingan.
Shimoliy dengizda dovullarga chidamli kichik quyosh parki qurish rejalashtirilgan.
2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 10 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi.
Hurmatli isteʼmolchilar! Xonadoningizga quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish hisobiga quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlasiz.
Hindiston janubidagi Telangana shtatida suzuvchi quyosh elektr stansiyasini (QES) ishga tushirish yakunlandi. Uning quvvati 100 MVt bo‘lib, umumiy maydoni 243 gektarni tashkil etadi.
Xitoyning «China General Nuclear Power Group» (CGN) kompaniyasi mamlakatning quruqlikdagi eng yirik shamol stansiyasini foydalanishga topshirdi. Uning quvvati 1 gigavattni (GVt) tashkil etadi.
Turkiyadagi birinchi «Akkuyu» atom elektr stansiyasining to‘rtinchi bloki qurilishi boshlandi. Uning barcha to‘rtta qismi ishga tushirilgandan keyin Turkiya Respublikasining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizigacha qoplanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilda atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar borasida ma'lumotlarni o‘z saytida e'lon qildi. Mamlakat bo‘yicha ko‘rsatkichlar 1,67 foizga — 924,4 dan 909 ming tonnagacha kamaygan.
Xitoyning birinchi aqlli quyosh-to‘lqinli fotoelektr stansiyasi Chjeszyan provinsiyasi Ugen shahrida ishga tushirildi. Elektr stansiyasida dron tekshiruvi texnologiyalari va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda «aqlli» diagnostika tizimlari qo‘llaniladi.