Turkiyadagi birinchi «Akkuyu» atom elektr stansiyasining to‘rtinchi bloki qurilishi boshlandi. Uning barcha to‘rtta qismi ishga tushirilgandan keyin Turkiya Respublikasining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizigacha qoplanishi rejalashtirilgan.
«Akkuyu» AESda eng yuqori xavfsizlik standartlariga ega zamonaviy VVER-1200 avlod III+ reaktorlaridan foydalaniladi. Bugungi kunga kelib, suv darajasini pasaytirish moslamasi, beton yostiq va gidroizolyasiyani o‘rnatish, poydevor chuqurini qazish va mustahkamlash hamda uning ko‘milgan qismlarni o‘rnatish allaqachon yakunlangan.
Qurilish maydonchasida hozirda 25 mingdan ortiq kishi ish bilan ta'minlangan bo‘lib, ularning 80% ga yaqinini Turkiya Respublikasi fuqarolari tashkil etadi.
Manba: https://t.me/clearenergy/1555
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati