O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi stansiya yaratildi. Quvvat elektromobilga mahalliy elektr tarmog‘idan keladigan energiya bilan parallel ravishda uzatiladi. Elektr to‘ldirish tizimi yiliga 32 ming kVt?s elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin, bu esa 950 ta elektromobilni quvvatlash imkonini beradi.
Ana shunday qurilmalar yordamida 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Joriy yilning fevral oyida Energetika vazirligi elektr transport vositalarini quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish yuzasidan davlat dasturi ishlab chiqilishini ma'lum qilgan edi. Ular birinchi navbatda shaharlarning aholi zich joylashgan hududlariga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Manba: https://t.me/clearenergy/1625
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati