Qiziqarli xabarlar
Vodorodli avtomobillarning kelajagi qanday ?
  • 31.08.2022
  • 791

Ko‘pgina davlatlar 2030-yilgacha ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Benzinli transport vositalarini taqiqlovchi qonunlar Hindiston, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda allaqachon qabul qilingan yoki ko‘rib chiqilmoqda. Elektr transport vositalariga o‘tish jadal sur'atlar bilan davom etmoqda. Ammo elektromobillarning jiddiy raqobatchisi bor va bu vodorod avtomobillari hisoblanadi.

Vodorod avtomobilining qurilmasi ko‘p jihatdan elektr avtomobil qurilmasiga o‘xshaydi: bir xil elektr motor, faqat u akkumulyatordan quvvatlanmaydi, lekin vodorod ishtirokidagi kimyoviy reaksiya natijasida ishlaydi. Uning ishlash tizimi quyidagicha, vodorod bakda saqlanadi, keyin u tashqi havo bilan aralashtiriladi, yonilg‘i xujayrasidagi reaksiya natijasida elektr energiyasi olinadi, undan olingan elektr o‘zgaruvchan tok dvigatelini ishga tushiradi.
Dunyodagi eng mashhur vodorod avtomobili Toyota Mirai hisoblanadi. U birinchi marta 2013-yil noyabr oyida Tokio avtosalonida taqdim etilgan.

♦ Yoqilg‘i to‘ldirish vaqti 3-5 minut, quvvat zaxirasi esa 600 km.
♦ Maksimal tezlik — 170 km/soat
♦ Quvvat — 153 l. kuch
♦ 90 km/s tezlanish — 9,4 soniya.

Bugungi kunda vodorodli avtomobillarning kamchiliklari ularning yuqori narxi va yonilg‘i quyish shoxobchalarining rivojlanmagan tarmog‘idir.

#elektromobil

Manba: https://t.me/clearenergy/1609

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>