Yevropadagi birinchi fotovoltaik tizim Shveytsariyaning Tichino kantonida joylashgan bo‘lib, 40 yildan buyon elektrni tarmoqqa uzluksiz yetkazib berishda davom etmoqda.
Janubiy Shveytsariya oliy maktabi (SUPSI) tomiga o‘rnatilgan stansiya 10 kVt quvvatga ega bo‘lib, 288 ta fotovoltaik moduldan iborat.
40 yil o‘tgach, modullarning aksariyatida eskirish belgilari aniqlandi, ba'zi joylar sirtning qolgan qismiga qaraganda ko‘proq qiziydi. Biroq, 2017-yilda o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, modullarning aksariyati hali ham dastlabki quvvatning kamida 80 %ini ta'minlaydi.
Manba: https://t.me/clearenergy/1613
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati