OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Magistral elektr tarmoqlari filiallarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda
  • 09.05.2021
  • 463

© Yosh energetiklar tomonidan tayyorlangan bayram tabrigi (havaskorlik roligi)

  «9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriyati Filialning kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda bir nechta tadbirlar o‘tkazmoqda.

✅ Ta'kidlash joizki, «Xotira va qadrlash kuni» tom ma'noda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurida o‘tganlarni yod etish, tiriklarni qadrlash, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishdek insoniy fazilatlarni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

  Qadrli hamkasblar!
9 may — Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi bilan barcha Ikkinchi jahon urush qatnashchilari, baynalminal jangchilar hamda mehnat faxriylarini samimiy tabriklaymiz.

⇒ Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik tilaymiz.

Hurmat bilan,

✍️ «Toshkent shahar MET» filiali  Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>