2021-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni qaroriga muvofiq Energetika vazirligiga biriktirilgan Yashnobod tumani, “Katta Qo‘yliq” mahallasi hududida 2021-yil aprel oyining birinchi yarmi holatiga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Daftarlar bo‘yicha:
1. “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan 7 ta oiladan - 1 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
2. “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan 34 nafar fuqarodan - 6 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
3. “Yoshlar daftar”da ro‘yxatda turgan 4 nafar yigit-qizdan iborat.
Obodonlashtirish ishlari bo‘yicha:
- 100 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi;
- 80 ta daraxtga shakl berildi, oqlandi;
- 8 ta ko‘chada obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi;
- 4 ta maxsus texnika va 80 nafar hasharchi jalb qilindi;
- 10 tonna chiqindi olib chiqildi;
- 1,0 km uzunlikdagi lotok va ariqlar tozalandi;
- gaz taqsimlash punkti (GRP), transformator punkti (TP) joriy ta'mirlanmadi;
- 0,8 km uzunlikdagi gaz quvuri bo‘yaldi.
- mahallaga 2 dona zamonaviy loyiha asosida “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasi, 3- va 9-uylar hovlisida bolalar maydonchasi qurildi.
Hozirda 9-uyni issiqlik tizimini ta'mirlash bo‘yicha ishlar olib borish uchun kerakli bo‘lgan materiallarni xarid qilish choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda aholi va ijtimoiy soha ob'ektlaridagi muammolarni hal qilishga qaratilgan ishlar tashkillashtirilmoqda.
Qo‘shimcha ma'lumotlar:
"O‘zbekiston MET" AJ ishchi-xodimlari Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi «Katta-Qo‘yliq» mahallasida hashar tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda:
http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/952
HAShAR — ELGA YaRAShAR: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/819
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati