Barchamizga ma'lumki, muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalarga yangicha yondashuvlar joriy qilinmoqda. Xususan, joylarda "mahallabay" ishlash tizimi tashkil etilib, Mahalla fuqarolari yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirishga turli tashkilot va korxonalar o‘zlarining bevosita ko‘maklarini berib kelmoqdalar.
Misol uchun, "O‘zbekiston MET" AJ ishchi-xodimlari Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi «Katta-Qo‘yliq» mahallasida hashar tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.
Avvalroq «Katta-Qo‘yliq» MFY hududida energetiklar tomonidan 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, obodonchilik ishlarga ko‘maklashilgan edi.
Endi esa mahalla faollari xat-hujjat ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir komplekt kompyuter va printer sovg‘a qilindi. Tashkilot nomidan berilgan ofis jihozlari mahallaning elektron ma'lumotlar bazasini yaratib, axborot almanishuvini yaxshilaydi, degan umiddamiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati