OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Jizzax viloyatida zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega yuqori kuchlanishli podstansiya quriladi
  • 12.04.2021
  • 436

  Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasini qurish rejalashtirilgan.

  Mazkur loyiha bo‘yicha “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tender hujjatlariga Osiyo taraqqiyot bankining e'tirozi yo‘qligi va Bosh pudratchi aniqlash bo‘yicha xalqaro tender savdolariga e'lon berishga rozilik xati (bugun, 2021-yil 9-aprel sanasida) olindi.

  Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yangi — raqamli “Zafarobod” podstansiyasini qurish bo‘yicha “tayyor holda topshirish” sharti asosida Osiyo taraqqiyot banki talablari bo‘yicha Bosh pudratchini aniqlash uchun tez kunlarda xalqaro tender savdolariga e'lon berilishini ma'lum qilamiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1204

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>