Yangiliklar
Namangan viloyati magistral elektr tarmoqlari modernizatsiya loyihasi bo‘yicha 1-bosqichda (2017–2022-yillar) 175 MVA, 2-bosqichida (2022–2026-yillar) 150 MVA qo‘shimcha quvvat yaratish ishlari olib borilmoqda
  • 02.04.2021
  • 580

  Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ta Magistral elektr tarmoqlari filiallari mavjud bo‘lib, ularning asosiy vazifasi elektr energiyasini energiya ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilishini amalga oshirish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr tarmoqlari bilan o‘zaro aloqalarda ishtirok etishdan iborat.

 

  Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, kuz-qish mavsumi tugagandan so‘ng respublikamizning barcha magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari birmuncha jadal tus oldi. Misol uchun, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilik e'tiboriga batafsil ma'lumotlar taqdim etdik, amalga oshirilayotgan ishlar haqida mamlakatimizning yetakchi axborot dasturlarida lavhalar namoyish etildi.

  Bu haqda batafsil:

Qashqadaryo viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/866

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6343

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4971-sonli qarori ijrosi: “CENERGO” MChJ taqdimoti, Investitsion loyihaning atrof-muhitga ta'siri bo‘yicha ommaviy eshituv, “Fidokor” MFY faollari bilan muloqot

http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/880

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6372

  Batafsil: https://t.me/minenergy_uz/3071

Jizzax viloyatidagi 220/110/10 kvli «Saribozor» podstansiyasiga 124 Mva qo‘shimcha quvvat qo‘shildi

http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/884

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6484

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 220 kVli «Beruniy» podstansiyasiga 125 MVA qo‘shimcha quvvat qo‘shildi

http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/885

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6392

  Navbat Farg‘ona vodiysiga, xususan “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali faoliyatiga...

  Aniqroq aytganda, Namangan viloyatida iste'molchilar, ijtimoiy soha ob'ektlari, kichik va o‘rta biznes vakillari, yirik sanoat korxonalarini uzluksiz ravishda sifatli ko‘rsatkichlarga ega elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish uchun qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritamiz.

  Dastlab “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi energetika ob'ektlari to‘g‘risida ma'lumotlarni taqdim etsak:

  Demak,

  “Namangan MET” filiali balansida uzunligi 508.1 km bo‘lgan havo tarmoqlari mavjud.

  Jumladan:

     §  500 kVli magistral tarmoqlar  – 58,686 kilometr;

     §  220 kVli magistral tarmoqlar  – 341 kilometr;

     §  110 kVli magistral tarmoqlar  – 107,92 kilometr.

 

 

 

  Yuqori kuchlanishli podstansiyalar soni 3 dona.

  Ular  220 kVli “Sardor”, “Qizil-Ravot” va “Obi-hayot” podstansiyalari. Ushbu podstansiyalarning jami quvvat o‘tkazish imkoniyati: 1175 MVAni tashkil etadi.

 

   Jumladan:

     -  “Sardor” PS ning umumiy quvvati: 525 MVA;

     -  “Obi-hayot” PS ning umumiy quvvati: 400 MVA;

     -  “Qizil-Ravot” PS ning umumiy quvvati: 250 MVA.

 

  Ayni paytda “Qizil-Ravot” podstansiyasida “To‘raqo‘rg‘on IES” AJ mablag‘lari hisobidan modernizatsiya hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaga 41,6 mln AQSh dollari hisobida mablag‘ ajratilgan. Podstansiyaga 125 MVA quvvatga ega 2 dona avtotransformatorlar 200 MVA quvvatli 2 dona zamonaviy avtotransformatorlarga almashtirilishi uchun olib kelingan. Bugungi kungacha 4 ta 220 kVli yangi zamonaviy elegaz o‘chirgichlari va 1 dona 200 MVAli avtotransformator o‘rnatildi. Endi esa 4 ta 220 kVli jismonan eskirgan moyli o‘chirgichlar zamonaviy elegaz o‘chirgichlarga almashtiriladi. Shuningdek, 4 dona 110 kVli moyli o‘chirgichlarni almashtirish, shu bilan bir qatorda, 10 kVli KRUN rusumidagi o‘chirgichlarni komplekt almashtirish rejalashtirilgan.

 

  Mazkur amaliyotlar natijasida 220/110/10 kVli “Qizil-Rovot” podstansiyasida qo‘shimcha 150 MVA quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

  Hozirgi vaqtda pudratchi tashkilot tomonidan 2 ta 100 metr/kub sig‘imga ega yong‘inga qarshi suv hovuzi ta'mirlanmoqda, 1 ta 200 metr/kub sig‘imli yangi suv hovuzi barpo etilmoqda. Shuningdek, avtomatik o‘t o‘chirish nasos binosi ta'mirlanmoqda.

 

  Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi  “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3284-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi 22 ta podstansiyada qurilish-montaj ishlarini o‘z ichiga oluvchi loyihalarni bajarish ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur loyihaning umumiy qiymati – 292,152 mln. AQSh dollari hisobida. Shundan Namangan viloyatidagi “Sardor” podstansiyadagi modernizatsiya va rekonstruksiya amaliyotlari uchun  6.3 mln. AQSh dollari ajratilgan.

 

 

 

 

 

 

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Namangan MET” filialida modernizatsiya loyihasining 1-bosqichiga ko‘ra (2017–2022-yillar) 175 MVA, 2-bosqichiga ko‘ra (2022–2026-yillar) 150 MVA quvvat yaratish rejalashtirilgan.

  Bu ishlarning barchasi Namangan viloyati iste'molchilari — aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari, kichik va o‘rta biznes korxonalari, yirik sanoat tashkilotlarini uzluksiz ravishda sifatli ko‘rsatkichlarga ega elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish uchun qilinmoqda.

  Davron Tojixo‘jaev, «O‘zbekiston MET» AJ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>