Qiziqarli xabarlar
OFFSHOR SHAMOLLARI SEKINROQ VA KUCHLIROQ ESADI
  • 12.03.2021
  • 723

  Offshor shamollari sekinroq va kuchliroq esadi. Bu quruqlikdagiga nisbatan ko'proq shamol energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Dengizda elektr stansiyalarini qurish uchun joy yetarlicha, yer maydonlarida o'sib borayotgan taqchillik esa shamol energetikasini quruqlikda rivojlantirmaslikning to'g'ri ekanligiga yana bir dalildir.

  Global shamol energetikasi Kengashi (GWEC) mutaxassislari offshor shamol energetikasi kamida kelgusi 10 yil mobaynida jadal rivojlanadi deb xisoblaydilar. Tashkilot fikriga ko'ra, 2030-yilda dengiz (offshor) shamol energetikasining belgilangan quvvati 200 GVt dan oshadi va 230 GVt ga yaqinlashadi (2020-yilning so'ngida ushbu ko'rsatkich 29 GVt ni tashkil etgan).

  Mutaxassilar hisob-kitoblaricha: 2030-yilga kelib XXR dengiz shamol energetikasi uchun eng yirik bozorga aylanadi. U yerda shamol parklarining quvvati deyarli 60 GVt ni tashkil etishi ko'zda tutilmoqda. 2, 3 va 4-o'rinlarda esa Buyuk Britaniya (40 GVt), AQSh (23 GVt) va Germaniya (20 GVt) davlatlari bo'ladi degan fikrlar ham yo'q emas.

  #buqiziq

 

Manba: Sof Energiya

@Clearenergy

https://t.me/clearenergy/874

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>