OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali: "Sohamiz ayollari hamisha hurmat va e'tiborda»
  • 07.03.2021
  • 538

  Avval xabar berganimizdek, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda.

 

  Misol uchun,

  Dastlabki tabrik so'zlari "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan izhor etilib, D.A.Isaqulov Vatanimizning barcha ayollarini, qolaversa energetika sohasida mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni kelayotgan xalqaro bayram sanasi, bahor ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etdi.

  Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6084  

  So'ngra aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha maslahatchisi Orif To'xtashev "E'zoz uchun yaralgan ayol!"nomli maqolasi bilan barcha xotin-qizlarni bahor ayyomi tabriklab, millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning o'rni va ta'siri beqiyos, deya muhtarama ayollarimizning jamiyatdagi o'rnini alohida e'tirof etdi.

Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6086

  Bundan tashqari, "Energo-IT" filiali jamoasi energetika sohasining barcha ayollarini Bahor ayyomi bilan muborakbod etib, filialda xizmat qilayotgan ayol xodimalarning jamoadagi o'rnini beqiyos sanadi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6107  

  "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti a'zolari — yosh energetiklar esa "Sizga ta'zim, sizga ehtirom!" nomli maqola orqali barcha xotin-qizlarni, jumladan filialda erkaklar bilan bir qatorda turib mehnat qilayotgan muhtarama ayollarni xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklashdi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6108
«Тошкент магистрал электр тармоқлари» филиали жамоаси

  "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filialida ham bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Filialda jami 410 nafar xodim mehnat faoliyati yuritib kelayotgan bo'lsa, ularning 57 nafarini ayollar tashkil etadi.

  An'anaga ko'ra ushbu filialda ham erta tongdan aziz hamkasblarimiz, muhtarama ayollar filial rahbariyati va ishchi-xodimlari tomonidan bayramona kutib olindi. Tabriklash jarayonida energetiklar onani, xotin-qizlarni ulug'lovchi she'r va g'azallardan parchalar o'qib berishdi. Filial direktori A.Boymuhammedov tomonidan filialda mehnat qilayotgan har bir ayol xodim esdalik sovg'alari taqdim etildi.

  Hurmat bilan,

  "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali kasaba ushyumasi boshlang'ich tashkiloti

 

  E'tiboringizga "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filialining bayram tadbirida olingan fotosuratlar guldastasini taqdim etamiz:

 

 
 
 

 

 

 

 

 

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>