Yadro xavfsizligini tartibga soluvchi Yevropa guruhi (ENSREG) Ostrovesdagi yangi Belorussiya atom stansiyasining dastlabki ekspertlar hisobotini tasdiqladi. Bu hisobot konsensus asosida (2021-yil 3-mart kuni) ENSREG texnik ekspertlarining 9 va10-fevralda ob'ektga qilgan tashriflaridan so'ng qabul qilindi.
Dastlabki hisobotda Belorussiya tomonidan ekspertlar guruhining baholashida ustuvor deb qo'yilgan 2018-yil Ensregning stress-test to'g'risidagi hisobotlaridagi tavsiyalar va 7 ta savol asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar atroflicha ko'rib chiqiladi. Dastlabki hisobotda, taqdim etilgan hisobotdan va ob'ektlarga tashrif buyurish natijasida 7 ta ustuvor savollarga tegishli bo'lgan barcha tavsiyalarga amal qilingani to'g'risida hulosaga kelinmoqda.
Ushbu hisobotni qabul qilish joriy ekspertlar baholashining birinchi bosqichini yakunlaydi. Ikkinchi faza esa boshqa tavsiyalarni qamrab oladi va pandemiya bilan bog'liq holatlar o'z iziga tushishi bilan yana bir bora ENSREG ekspertlarining AESga tashrifini o'z ichiga oladi.
Ekspertlarning eng so'nggi hulosasi qolgan tavsiyalarning to'liq amalga oshirilgani va ularga amal qilinganligiga qarab tugatiladi va e'lon qilinadi.
Yevropa Ittifoqning stress-testlari uslubi 2011-yil Fukusimada sodir bo'lgan halokatdan so'ng ishlab chiqilgan. Belarussiya bu jarayonga o'z ixtiyoriga ko'ra ishtirok etmoqda.
Komissiya Belarusiya bilan AESni ishga tushirish va uni ishga tushirish jarayonida xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlash maqsadida o'zaro aloqalarni davom ettiradi.
Yevropa Ittifoqi va qo'shni mamlakatlarda yadro qurilmalarining xavfsizligi Yevropa komissiyasi va YeI yadro xavfsizligi bo'yicha milliy idoralari uchun eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Ingliz tilidan tarjima qilindi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishi mumkin.
https://ec.europa.eu/info/news/ensreg-approves-preliminary-report-astravets-nuclear-power-plant-2021-mar-04_en
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'ling! t.me/uzmetaxborotxizmati