2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
IJRO INTIZOMI VA LOYIHA TAQDIMOTI: O‘zbekiston elektr energetika tizimini 2030- ва 2035-yillardagi rivojlantirish rejasi hamda joriy masalalar
  • 25.03.2025
  • 94

Bugun, 2025-yil 26-mart kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov boshchiligida Aksiyadorlik jamiyatidagi ishchi tartibidagi joriy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi ва loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan haftaning har dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.

Yig‘ishning ikkinchi qismida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sobirjon Sadullayevich «Uglerod neytralligiga erishish — ustivor strategik vazifa» mavzusida havola etilgan taqdimotda modernizatsiya-rekonstruksiya ва qurilish-montaj jarayonlarini o‘z ichiga qamrab olgan qator loyihalar haqida umumiy maʼlumotlarni taqdim etdi.

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan taqdimotda elektr energetika tizimining hozirgi holati, mamlakatimizda mavjud generatsiya quvvatlari, generatsiya ва isteʼmolning 2035-yilgacha o‘zgarishi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi podstansiyalar ва elektr uzatish havo tarmoqlariga oid istiqboldagi rejalar ва mazkur ko‘rsatkichlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan axborot berildi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini yagona yetkazib beruvchisi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi 220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining asosiy uzatish tizimi operatori hisoblanadi.Aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 91 ta podstansiya ва 12 250 kilometr elektr uzatish tarmog‘lari mavjud.

Aksiyadorlik jamiyati barcha qo‘shni davlatlar: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston ва Turkmaniston bilan davlatlararo aloqaga ega hamda ushbu davlatlar bilan elektr energiyasini eksport-import tranziti jarayonlarini doimiy olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimini rivojlantirish hamda ekologiyani saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi “Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ва qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-son farmoni imzolandi, bu farmon Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sezilarli darajada rivojlantirishni nazarda tutadi.

Shunday qilib, 2030-yilga kelib, energetika tizimidagi qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi taxminan 18 gigavattni, shu jumladan, shamol elektr stansiyalari (SHES) 11,5 gigavatt ва quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES) 7,3 gigavattni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib, umumiy o‘rnatilgan quvvati 2600 megavattdan ortiq bo‘lgan bir qator qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, Navoiy viloyatida Karmana QFES 100 MVt, Samarqand viloyatida Tutli QFES 100 megavatt, Qashqadaryo viloyatida Nishon QFES 500 megavatt, Buxoro viloyatida Sahro QFES 500 megavatt, Surxondaryo viloyatida Sherobod QFES 457 megavatt, Navoiy viloyatida Zarafshon SHES 500 megavatt, Samarqand viloyatida Kattaqo‘rg‘on QFES 230 megavatt, Jizzax viloyatida Ko‘kbuloq QFES 220 megavatt ва Toshkent viloyatida Toshkent QFES 200 megavatt.

2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan marosimda Energetika sohasida respublika bo‘ylab umumiy qiymati 7 milliard dollarlik 18 ta loyiha ishga tushirildi ва 6 ta loyihaning qurilishi boshlandi. Bulardan, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 500 megavattli Bosh SHES (dastlabki quvvat 200 megavatt), Peshku tumanida 500 megavattli Jonkeldi SHES (dastlabki quvvat 200 megavatt), Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattli (ulangan quvvat 400 megavatt) Zarafshon SHES, Namangan viloyati Pop tumanida 500 megavattli (dastlabki quvvat 200 megavatt) Pop QFES, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 263 megavattli (dastlabki quvvat 50 megavatt) Bo‘ka QFES, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 400 megavattli Aksa Tolimarjon IES, Andijon viloyati Asaka tumanida 150 megavattli Lochin ESABT, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 150 megavattli O‘zbekiston ESABT, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 500 kilovoltli podstansiya ва 163 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i, Buxoro viloyati Peshku tumanida 500 kilovoltli podstansiya ва 127 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 500 kVli podstansiya, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida 220 kilovoltli podstansiya, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 220 kilovoltli podstansiya loyihalari tizimga ulandi.

Shu jumladan, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 500 megavattli Beshariq QFES, Samarqand viloyati Nurobod tumanida 500 megavattli Sazagan-1 QFES, Samarqand viloyati Nurobod tumanida 500 megavattli Sazagan-2 QFES, Toshkent viloyati Parkent tumanida 334 megavattli ESABT, Toshkent shahri Yunusobod tumanida 100 megavattli bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi, Navoiy viloyati Nurota tumanida gibrid elektr stansiyasi (QFES – 300 megavatt, SHES – 300 megavatt, ESABT – 150 megavatt) qurilishi boshlandi.

Umumiy qilib aytganda, 2025-yil yakunida 6 ta quyosh ва 4 ta shamol elektr stansiyalarining loyihalari doirasida 2 365 megavatt (1 613 megavatt quyosh ва 752 megavatt shamol) quvvatlari tarmoqqa ulanib, 597 megavatt quvvatli 4 ta elektr energiyasini saqlash tizimilari ishga tushiriladi.

Buning uchun qo‘shimcha 3,6 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi ва 6,1 milliard kilovatt soat yoki 4,6 mln xonadonning bir yillik ijtimoiy normasiga teng “yashil» energiya ishlab chiqariladi. Bu esa 3,35 milliard metr kub (ekv. 570 million dollarga) tabiiy gaz tejash ва 4,6 million tonnadan ortiq zararli moddalarning atmosferaga chiqarilishini oldini olish imkonini yaratadi.

Yuqoridagi energetika loyihalarini amalga oshirish kelgusi yillarda elektr energiyasini yuklama markazlariga normal, taʼmirlash ва avariya rejimlarida ishonchli tarzda yetkazib berishni taʼminlaydi.

Yaqin kelajakda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun umumiy o‘rnatilgan quvvati 330 megavatt bo‘lgan oltita kichik modulli yadro reaktorini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning energetik xavfsizligini taʼminlash uchun  yirik atom energiya bloklarini joriy etish, ularning uzoq muddatda zaruriy ekspluatatsiya xavfsizligini taʼminlash zarur.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimini rivojlantirish qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishni nazarda tutadi, bu qazib olinadigan yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi ва atrof-muhitni yaxshilaydi.

 

Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi taqdim etgan maʼlumotlardan foydalanildi.

 

«O‘zbekiston MET» АЖ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati