Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev maʼlum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–357-son qaroriga 2-ilovaning 55-bandi bilan Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish belgilangan.
“Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023-yil 27-martdagi Ex-22-81199b-son) va "Kiberxavfsizlik markazi" DUK (2023-yil 28-martdagi 01-18-02/737-son) tomonidan ekspert xulosalari olingan.
Rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rgangan holda “O‘zarxiv” agentligi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi huzuridagi "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" MCHJ hamkorligida "Idoraviy elektron arxiv" axborot tizimi ishlab chiqilib, o‘tkazilgan test-sinov amaliyoti bo‘yicha ijobiy natija qayd etilib, amaliyotga joriy etildi.
“Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi zamonaviy elektron hujjatlarni boshqarish zanjirining ajralmas qismiga aylanib, tashkilotlarga elektron hujjatlarni saqlash, boshqarish va ulardan foydalanishni taʼminlashning samarali, barqaror va xavfsiz usulini taqdim etadi.
“Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimida 6 ta rol va 11 ta quyi tizimlari yaratildi, shu jumladan maʼlumotnomalar, shaxsiy kabinet, arxivlar, tashkilotlar, xodimlar, nomenklatura, hujjatlarni kiritish, yig‘ma jildlar, ro‘yxatlar, maʼlumot qidirish va hisobot modullari joriy qilindi.
Axborot tizimini joriy qilish orqali tashkilot nomenklaturasini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash, nomenklatura asosida elektron hujjatlarni shaklantirish, elektron arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga qabul qilish, hujjatlarni tezkor qidirib-topish va foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha video qo‘llanma materiallari tayyorlandi.
“Idoraviy elektron” arxiv axborot tizimi yagona identifikatsiya tizimi - id.egov.uz va Idoralararo hujjat aylanish tizimi – edo.ijro.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
O‘zbekiston Milliy arxivi jamlash manbaiga kiritilgan 200 taga yaqin vazirlik va idoralarda “Idoraviy elektron arxiv” tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, tizimda 437 ta tashkilot uchun kirish imkoniyati yaratildi, 50 ta vazirlik va idoralarda xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. Respublika bo‘yicha Arxiv ishi hududiy boshqarmalari va arxiv direktorlari uchun o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 15 ta tashkilot tomonidan nomenklatura elektron tizim orqali kiritilib, 6 ta tashkilotning nomenklaturasi kelishildi.
Hozirgi kunda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan elektron shaklda shakllantirilgan arxiv hujjatlarini saqlash va topshirish bo‘yicha bir xil amaliyot mavjud emas. Mavjud tartibning takomillashmaganligi hujjatlarni to‘plash, tizimli saqlash va foydalanish jarayonlarida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shu sababli, arxiv ishi va elektron hujjat aylanishini zamonaviy talablarga moslashtirish, hujjatlarni elektron saqlash va ulardan foydalanishning yagona mexanizmini yaratish zarurati tug‘ilgan.
Agentlik tomonidan Vazirlar Mahkamasi Qaror loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasiga ko‘ra davlat hokimiyati organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining elektron arxiv hujjatlarini saqlash va davlat arxivlariga topshirish mexanizmi belgilab berilgan.
Mazkur qarorning qabul qilinishida quyidagi natijalarga erishiladi:
birinchidan, davlat arxivlariga hujjatlarni to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish jarayonlarini avtomatlashtirish;
ikkinchidan, arxiv ishida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga imkon yaratadi;
uchinchidan, hujjatlarning yo‘qolishi va soxtalashtirilishining oldi olish;
to‘rtinchidan, arxiv ishi va hujjat saqlash bilan bog‘liq xarajatlar qisqartirish.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz. Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy hatti-harakatlarning guvohi bo‘lsangiz “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikorarchivebot yohud https://t.me/direktorga_murojaat orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Manba: https://telegra.ph/idegovuz-va-edoijrouz-ahborot-tizimlari-integraciya-%D2%9Bilindi-03-07
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/50232
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati