Avval batafsil xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-iyuldagi 388/22-son Qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashiga tayyorlash to‘g‘risida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.
2023-yilda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlardan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda, trakt hosil qiluvchi 220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgani, shuningdek, barcha yuqori kuchlanishli podstansiya hamda magistral elektr uzatish tarmoqlariga masʼul xodimlar biriktirilgani haqida hisobot-maʼlumotnoma eʼlon etgan edik.
Misol uchun, kuz-qish mavsumida elektr qurimalarini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida umumiy quvvati 736 megavolt•amper bo‘lgan 9 dona kuch transformatori va 848 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–500 kilovolt kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari, 31 dona o‘chirgich va 4 dona kompressor qurilmasini mukammal taʼmirlash yakunlanib, joriy yilning 1 noyabr kuni yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli tartibda mavsumga tayyorgarlik yuzasidan hisobotlar taqdim etilgan edi.
Mavsumda isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, isitish mavsumidagi tabiiy gaz va elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi va ichimlik suvi taʼminoti, shuningdek, kommunal xizmatlar barqaror faoliyati haqida axborot taqdim etish, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar va energetika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini isteʼmolchilarga tushuntirish ishlari Energetika vazirligi va vazirlik tizim tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.
Bu jarayonda, yaʼni ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik bilan ishlashda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham faol ishtirok etishmoqda.
Eʼtiboringizga Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining OAV hamda jamoatchilik tadbirlaridagi faol ishtirokini aks ettiruvchi teleko‘rsatuv va radio eshittirishlaridan yozib olingan mediamahsulotlarning havolasini taqdim etamiz:
Radio to‘lqinlarida:
https://www.youtube.com/watch?v=C3hOmU4rSZE&t=104s
https://www.youtube.com/watch?v=gj8C-al-7p4&t=186s
https://www.youtube.com/watch?v=mjgY16lro9s&t=120s
https://www.youtube.com/watch?v=9Kg63lJ1BOQ&t=3s
https://www.youtube.com/watch?v=PAnYn-XXgQM&t=13s
https://www.youtube.com/watch?v=1opprDlbUDo&t=25s
https://www.youtube.com/watch?v=dhBJTVjqOe8
https://www.youtube.com/watch?v=VLT7NQoOLec&t=3s
https://www.youtube.com/watch?v=v8nAhc8OujA&t=12s
https://www.youtube.com/watch?v=VLT7NQoOLec
https://www.youtube.com/watch?v=EdFm7qN8R6A
https://www.youtube.com/watch?v=qguw-ZM5FBQ&t=2s
Televizion tok-shoularda:
https://www.youtube.com/watch?v=FcExGLuSQCI&t=3s
https://www.youtube.com/watch?v=qhaGsCuG9eY&t=10s
https://www.youtube.com/watch?v=wFJRLpw6c1U
https://www.youtube.com/watch?v=zKTHoEpTLnE&t=7s
https://www.youtube.com/watch?v=mbMae77N6jg&t=6s
https://www.youtube.com/watch?v=2sT48Jkebw8
Intervyular:
https://www.youtube.com/watch?v=WYsY9EP05Rk
https://www.youtube.com/watch?v=QxXihEmFDlM&t=7s
https://www.youtube.com/watch?v=hF5THe7CqEk&t=5s
https://www.youtube.com/watch?v=mbMae77N6jg&t=4s
https://www.youtube.com/watch?v=bMsewGsg3Dc
https://www.youtube.com/watch?v=TRTGbbsSc_k
https://www.youtube.com/watch?v=-S39D1-Sjz8
https://www.youtube.com/watch?v=gwumdtsmgW0&t=3s
https://www.youtube.com/watch?v=5fn9lC0Py2U&t=4s
https://www.youtube.com/watch?v=5zjHSCZ8y_E&t=4s
https://www.youtube.com/watch?v=NtvvW6-rQ-c
Eslatib o‘tamiz: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.
Ulug‘bek Urunov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati