Yangiliklar
110/35/6 кВ kuchlanishli “2A” podstansiyasida yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 19.12.2024
  • 36

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari”  filialining 2024-yil 18-noyabrdagi KSH-243-sonli buyrug‘iga asosan joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazildi.

⚡️ Ko‘rik oyligi talablariga oid mashg‘ulotlarning navbatdagisi 110/35/6 кВ kuchlanishli “2A” podstansiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda Podstansiyalar xizmati Quvasoy shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi. Hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda energetiklarning yong‘inni bartaraf etishga oid bilim va ko‘nikmalari o‘zaro savol-javoblar muhokamasi bilan mustahkamlandi.

✍️ Sherzod Kamilov, “Farg‘ona MET” filiali direktori

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>