“Korrupsiyaga qarshi madaniyat” shakllanmagan jamiyatda adolatsizlik va jinoyatlar odat tusiga aylanadi. Shu sababli ham har bir demokratik davlat o‘z rivojlanish konsepsiyasida ushbu illatga qarshi kurashishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
Xususan, O‘zbekistonda bu borada bir nechta samarali tashabbuslar amalga oshirildi, masalan, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi, milliy qonunchilik ishlab chiqildi, davlat organlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda kelib chiqadigan korrupsiyaviy xatarlarni baholash tizimi joriy etildi, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va shu kabi boshqa bir qancha loyihalar amalga oshirildi.
Ammo, amaliyot ko‘rsatib turibdiki, mamlakat doirasida erishilgan yutuqlar, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi vazifalariga to‘liq javob bermaydi.
Aynan shu sababli, Prezidentimiz o‘z chiqishlarida, korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga qayta va qayta to‘xtalib o‘tmoqda.
Xususan, 2024-yil 5-iyun sanasida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni imzolanganligini bunga misol sifatida keltirib o‘tshimiz mumkin.
2024-YIL 6-DEKABR KUNI KUCHGA KIRGAN 931-SONLI “MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI VA AHAMIYATI
QONUNNING MAQSADI: Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 5 ta bob, 33 ta moddadan iborat. Kuchga kirish sanasi: 2024-yil 6-dekabr.
1. Qonun tadbiq etiladigan subyektlar doirasini belgilab olish, yaʼni amal qilishi — davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi — o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
♦ Qonuniylik;
♦ Fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
♦ Ochiqlik va shaffoflik;
♦ Xolislik;
♦ Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik.
MAZKUR QONUN — 69 ta davlat organlariga, 220 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 26 mingdan ortiq davlat muassasalariga, 503 ta davlat unitar korxonasiga, 23 ta davlat jamg‘armasiga, 153 ta davlat ulushi 50 foizdan yuqori aksiyadorlik jamiyatlari 2000 dan ortiq davlat ulushi bo‘lgan korportiv buyurtmachilarga davlat xaridlaridagi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga qaratilgan.
Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.
ASOSIY TUSHUNCHALAR:
♦ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi — davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoxud saylab qo‘yiladigan yoki tayinlanadigan lavozimlarda ishlayotgan boshqaruv xodimlari;
♦ manfaatlar to‘qnashuvi —shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat.
MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA MAXSUS BO‘LINMA:
♦ shaxsiy manfaatdorlik — davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik;
♦ yaqin qarindoshlar — ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari.
QUYIDAGI SHAXSLAR DAVLAT ORGANINING YOKI BOSHQA TASHKILOTNING XODIMIGA ALOQADOR SHAXSLAR DEB EʼTIROF ETILADI:
♦ Xodimning yaqin qarindoshlari,
♦ Xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs,
♦ Xodim yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.
ODOB-AXLOQ KOMISSIYASI VA UNING VAKOLATLARI:
♦ ushbu Qonunda belgilangan talablarga davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan rioya etilishini taʼminlash choralarini ko‘rish;
♦ manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimlari tomonidan ko‘rilayotgan choralarning yetarliligi (to‘g‘riligi) to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish;
♦ mavjud manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq hollar ustidan kollegial nazoratni amalga oshirish;
♦ ushbu Qonunda belgilangan talablarning davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimlari tomonidan buzilishlari mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra xulosa chiqarish;
♦ manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar qilmagan, bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etgan yoxud bunday axborotni yashirgan xodimni javobgarlikka tortish haqida davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbariga taklif kiritish.
MUVOFIQLIK TIZIMI KOMPLAYENS XIZMATI VAKOLATLARI:
1. Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish;
2. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish;
3. Tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
4. Deklaratsiyalarni va xabarnomani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra odob-axloq komissiyasiga takliflar kiritish;
5. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa berish;
6. Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollarini tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
7. Har yilgi hisobotlarni tayyorlash rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash.
MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI TARTIBGA SOLINGANLIGINI TEKSHIRISH VA NAZORAT QILISH:
♦ Yillik deklaratsiya (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) — Har yili 15 yanvarga qadar to‘ldiriladi. Har yili 15 fevralga qadar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi. Har yili 1-martga qadar aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan odob-axloq komissiyasiga taklif kiritiladi. Odob-axloq komissiyasi ko‘rilgan chora yetarliligi yoki boshqa chora ko‘rish yuzasidan xulosa qabul qiladi.
♦ Xabarnoma (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) — Xodimlar bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilish vaziyatiga duch kelganda bevosita rahbariga (tashkilot rahbarlari – korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga) xabarnoma beriladi. Tartibga solish yuzasidan qabul qilingan qarorni odob-axloq komissiyasiga uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Odob-axloq komissiyasi ko‘rilgan chora yetarliligi yoki boshqa chora ko‘rish yuzasidan xulosa qabul qiladi.
♦ Aloqador shaxslarning deklaratsiyasi (manfaatlar to‘qnashuvi) – Aloqador shaxslar tashkilotga murojaat qilganida deklaratsiyada xodim to‘g‘risida maʼlumotni ko‘rsatib o‘tadi. Tashkilotning maxsus bo‘linmasi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish choralari yuzasidan odob-axloq komissiyasiga kiritadi. Odob-axloq komissiyasi ko‘rilgan chora yetarliligi yoki boshqa chora ko‘rish yuzasidan xulosa qabul qiladi.
♦ Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan maʼlum bo‘lib qolgan shaxslarning SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLARINI OSHKOR ETISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI.
Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvlari to‘g‘risida har yarim yilda xulosa qabul qiladi hamda ularni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligini (to‘g‘riligini) ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1934-moddasiga asosan:
♦ Davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi yoki xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (1,7 mln so‘mgacha).
♦ Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (3,4 mln so‘mgacha).
♦ Davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsiga maʼlum bo‘lib qolgan, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaslik, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (3,4 mln so‘mgacha).
♦ Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (5,1 mln so‘mgacha).
♦ Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar davlat xaridlari sohasida sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (10,2 mln so‘mgacha).
Agarda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda qaror qabul qilingan yoki bitim tuzilgan taqdirda sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi, olingan foyda esa davlat daromadiga o‘tkaziladi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Muvofiqlik tizimi “komplayens” xizmati