Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Jizzax viloyat boshqarmasi ishtirokida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazilgan edi.
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish, obyektda yong‘in sodir bo‘lganda avariya-qutqaruv ishlarini to‘g‘ri tashkil etish yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar sarhisob qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati