2024-yil 18-dekabr kuni soat 10:00 da "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.
1️⃣ Rele himoyasi va elektr sinov xizmatiga sinov va o‘lchovlar elektr montyori lavozimi, 1 nafar.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998-74-224-49-91; +99874-228-40-59.
Manzil: Andijon shahri, Gidroelektrstansiya ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: “Akmal-farm” ishlab chiqarish bazasi.
—
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan qo‘shimcha ma’lumot:
❗️Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
☎️ Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati