2024-yil 12-dekabr kuni «Qashqadaryo MET» filiali maʼmuriy binosida o‘tkazilgan sayyor qabulda O‘zbekiston enegrgetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublikasi kengashi rais o‘rinbosari — xalqaro bo‘lim mudiri Sobirjon Egamberdiyev va “O‘zbekiston MET” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Nodira Xidirova tomonidan Filial ishchi-xodimlariga ularning haq-huquqlari, kasaba boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
«Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari ham sayyor qabulda faol ishtirok etib, o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir davomida mavjud muammolar va takliflar tahlil qilindi. Sayyor qabulda qayd etilgan murojaatlarga masʼullar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra yozma javoblar berilishi maʼlum qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati