Bugun, 6-dekabr (juma) kuni soat 15:00da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi mutaxassisi;
2️⃣ Elektr energiyasini texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi muhandisi;
3️⃣ Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi mutaxassisi;
4️⃣ Osiyo taraqqiyot banki loyihasini amalga oshirish guruhi Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati