Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 10.12.2024
  • 47

⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️  Ichki audit xizmati boshlig‘i.

❗️TALABLAR:

1) Oliy maʼlumotga ega boʻlish (diplom mutaxassisligi boʻyicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob);

2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq bir yoki bir nechta boʻlimlarda yoki tashqi auditor lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish. Nomzod auditorlik faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlish;

3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar boʻyicha tushunchaga ega boʻlish;

4) Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega boʻlish;

5) Xizmat safarlariga tayyor boʻlish;

6) Komplayens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilish;

7) “Katta toʻrtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlish.

 Shu bilan birga, “ACCA”, “CFA”, “CPA” “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM” yoki “FRM” sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlarga Komissiya tomonidan ustunlik taqdim etilishi mumkin.

⇒ Nomzoddan quyidagilar talab etiladi (lavozim vazifa-majburiyatlari):

- ichki audit xizmatining Kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta'minlash mexanizmlarini ishlab chiqish;

- bir oy muddatda amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga oʻtish rejasini ishlab chiqish va Kuzatuv kengashiga taqdim etish;

- korxona faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, manfaatlar toʻqnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

- tavakkalchilikni boshqarish va komplayens boʻlimlari hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

- aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholash;

- samarali ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha rahbariyatga maslahat berish.

❗️Nomzodlardan hujjatlar 2024-yil 12-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

 ❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

 

‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>