Kubuki cho‘lining shimoliy qismida, Ordos okrugida quvvati 5,42 GVt bo‘lgan quyosh stansiyasi qurilmoqda. Qurilish yakunlangandan so‘ng, bu stansiya 100 GVt quvvatga ega bo‘lgan va uzunligi 400 km bo‘lgan dunyodagi eng yirik fotoelektrik stansiyaga aylanadi!
Yangi quyosh elektr stansiyasining asosiy maqsadi faqatgina elektr ta’minoti bilan cheklanmaydi. Xitoy bu stansiya orqali hududni ko‘kalamzorlashtirib, cho‘llanish jarayonini to‘xtatmoqchi.
Kubuki – mamlakatning yettinchi eng katta cho‘li hisoblanadi. So‘nggi 30 yil ichida mutaxassislar cho‘lning 53% maydonini o‘simlik bilan qoplashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu yashil hududni kengaytirish uchun quyosh panellari ostida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi rejalashtirilmoqda.
«Quyosh devori» ning qurilishi 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan.
Manba: https://t.me/clearenergy/2600
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati