2023-yilda Rossiyada Kolskaya shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. Kolskaya yarim orolida, 10 metr balandlikda yillik o‘rtacha shamol tezligi 5-9 m/sni tashkil etadi, bu esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori. Stansiya Murmansk viloyatida joylashgan bo'lib,umumiy quvvati 202 MVt ga 57 ta turbinadan iborat.
Barcha uskunalar avtomatik rejimda ishlaydi. Har bir turbinaning tepasida kichik meteorologik stansiyalar joylashgan bo‘lib, ular shamol haqida signal yuboradi. Parraklar shamol tezligi 3 m/s ga yetganda aylana boshlaydi, agar tezlik 25 m/s gacha oshsa, qanotlar avtomatik ravishda bloklanadi. Bu jarayonda maksimal shamol oqimini ushlash uchun shamolning yo‘nalishiga qarab qanotlar avtomatik ravishda buriladi.
Kolskiy shamol parki - Qutb doirasida joylashgan eng katta SHES!
Manba: https://t.me/clearenergy/2594
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati