Qiziqarli xabarlar
O‘zbekistondagi elektromobillar haqida asosiy ma’lumotlar
  • 17.10.2024
  • 58

O‘zbekiston aholisi tobora ko‘proq elektromobillarni afzal ko‘rmoqda. 2024-yilning birinchi yarmida mamlakatga 10 mingdan ortiq elektromobillar import qilingan. Davlat organlari ham o‘z avtoparklarini yangilab, elektromobillar va gibrid avtomobillariga o‘tishmoqda.

Mamlakat hukumati elektromobillarga o‘tishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda:

tungi soatlarda elektromobillarni quvvatlash uchun arzonlashtirilgan tariflar 

elektr quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish va ulash jarayonini soddalashtirish

elektromobillar uchun alohida elektrenergiya hisoblagichlari 

Shunday qilib, hukumat «yashil» texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirmoqda va atmosferaga zararli gazlar chiqishini kamaytirish uchun muhim chora-tadbirlarni qabul qilmoqda!

Manba: https://t.me/clearenergy/2586

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>