O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son «Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga muvofiq Toshkent viloyati, Parkent tumani, Samsarak qishlog‘i hududiga tutash qir-adirlik maydoniga 1500 tup yapon saforasi va 2000 tup katalpa manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yashil belbog‘» tadbiri o’tkazilib, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” MFY hududidagi 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazilgan edi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati