#Energetika_xavfsizligi_oyligi
Buxoro viloyatining Kogon tumanida gaz taʼminoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh oʻtkazgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, tumanning “Tutkunda” MFYda joylashgan “B. B.” MJCHga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichdan tashqari yer osti quvuri orqali aholi uchun moʻljallangan gaz quvuriga yashirincha ulanib, tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelingani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 8,85 mlrd soʻmlik zarar keltirilgani aniqlandi. Mazkur jarayon boʻyicha toʻplangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshiriladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati