Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi yuqori kuchlanishli podstansiyalarning ish faoliyati bilan tanishdi
  • 29.11.2024
  • 51

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar barqaror faoliyatini taʼminlash uchun navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

► Ayni paytda Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlari obyektlarining mavsumdagi ish faoliyati bilan tanishib, 220 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyada amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan tanishdi.

⚡️ D.A.Isaqulov 220 kV kuchlanishli “Beruniy”  va “Xorazm” podstansiyalarining navbatchi xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berib, energetika obyekti rahbarlariga topshiriq berdi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>