Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati D.A.Isaqulov Xo‘jayli tumani hokimiyati majlislari zalida sayyor qabul o‘tkazdi.
Tuman elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminoti, obodonlashtirish tashkilotlari masʼullari hamda mahalla faollari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda fuqarolar o‘z murojaatlarini yozma shaklda taqdim etishdi.
⚡️ Ayni paytda D.A.Isaqulov 220 kV kuchlanishli “Beruniy” va “Xorazm” podstansiyalarining mavsumdagi faoliyati bilan tanishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati